Bog‘cha mudirasi o‘z xohshiga ko‘ra ariza yozmagan
Shaxzodaxon Jalilova Quva tumanidagi 14-Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 20 yildan buyon ishlab kelayotgan edi.
Farg‘ona viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining buyrug‘i bilan uning mehnat shartnomasi Mehnat kodeksining 157-moddasi taraflarning kelishuviga ko‘ra bekor qilingan. Biroq, savol tug‘iladi, haqiqatdan ham ish beruvchi va xodim o‘rtasida kelishuv bo‘lgan edimi?
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi mutaxassislari tomonidan Sh.Jalilovani avvalgi lavozimiga ishga tiklashga amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati sinchkovlik bilan o‘rganib chiqildi.
O‘rganish davomida bog‘cha mudirasi ishdan bo‘shash to‘g‘risidagi arizani o‘z xohishiga ko‘ra yozmaganligi ma’lum bo‘ldi.
Ish sudda ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra Sh.Jalilova 14-Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti mudirasi lavozimiga ishga tiklandi. Majburiy progul kunlari va ma’naviy zarar uchun uning foydasiga salkam 20 mln. so‘mga undirib berildi.
Mansurjon Usmonov,
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Farg‘ona viloyati kengashi bosh mutaxassisi
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: