Buyruq bekor qilinib, maktab direktori ishga tiklandi
Qo‘qon shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 20- maktabi direktori lavozimida ishlab kelgan O.Nizometdinov ancha bilimli inson. Qolaversa, u Amerika, Angliya, Shotlandiya singari davlatlarda malaka oshirib kelgan. Shu bois ham u maktab direktori darajasida mas’uliyatli lavozimda ishlab kelgan.
Biroq, Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan tuppa-tuzik ishlab kelayotgan O.Nizometdinov bilan mehnat shartnomasi bir tomonlama bekor qilinadi.
Huquqlari poymol bo‘lgan O.Nizometdinov O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashiga murojaat qilib, mehnatga oid buzilgan huquqlarini tiklashda ko‘mak so‘raydi.
Kasaba uyushmalari aralashuvi bilan O.Nizometdinovning ishi sudgacha boradi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudda O.Nizometdinovni ishga tiklash haqidagi da’vo arizasi qanoatlantirilmay rad etiladi. Farg‘ona viloyati Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan ko‘rilgan appelyasiya va kassatsiya shikoyatlari ham rad etiladi.
Lekin ish bu bilan to‘xtamaydi. O.Nizometdinovni ishga tiklash uchun taftish shikoyati beriladi. Nihoyat xodimni huquqlari tiklanadi. Farg‘ona viloyati sudining hal qiluv qaroriga asosan Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining buyrug‘i g‘ayriqonuniy deb topilib, bekor qilinadi.
O.Nizometdinov esa Qo‘qon shahridagi o‘zi ishlab kelgan 20-maktab direktori lavozimiga ishga tiklandi.
Mansurjon USMONOV,
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Farg‘ona viloyati kengashi bosh mutaxassisi
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: