Hisob-kitob qilinmagan 29 million so‘m undirib berildi
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Farg‘ona viloyati kengashiga ishchi-xodimlar tomonidan qilingan murojaat borki, aslo o‘rganishsiz, yechimsiz qolmaydi. Shu sabab ham a’zolarning kasaba uyushmalariga bo‘lgan ishonchi ortib bormoqda.
Farg‘ona viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazi dispanser bo‘limi vrach nevropotologi Dilbarxon Abdullayeva shu yilning mart oyida ish o‘rinlari qisqarishi sabab ishdan bo‘shagan edi.
Gap u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilinganida emas, balki u bilan to‘liq hisob-kitob qilinmaganida.
Dilbarxon Abdullayeva ishdan bo‘shagach, unga to‘lanishi kerak bo‘lgan “raschyotnoy” pullari to‘lanmaydi. U bu masala bo‘yicha bir necha marotaba ish beruvchiga, hisobchiga uchrashadi. Lekin foydasi bo‘lmadi.
Ish beruvchining bu xatti-harkatidan norozi bo‘lgan D.Abdullayeva Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi respublika Kengashining Farg‘ona viloyati kengashiga murojaat qildi. Uning murojaati kengashning mehnat huquq inspektorlari tomonidan o‘rganib chiqildi.
Ish haqining to‘liq hisob-kitob qilinmagani bo‘yicha ish beruvchiga taqdimnoma kiritildi. Shundan so‘ng ish beruvchi masalaga jiddiy yondashdi. Shu tariqa kasaba uyushmalarining aralashuvi bilan Dilbarxon Abdullayevaga ishlagan davri uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan barcha ish haqlari to‘liq hisob-kitob qilinib, unga ish beruvchidan 29 mln. 232 ming so‘m undirib berildi.
Zafarjon QURBONOV,
Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Farg‘ona viloyati bo‘yicha mehnat huquq inspektori
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: