Xodim avvalgi lavozimida ishini davom ettiradigan bo‘ldi
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashiga fuqaro D.Davranov ariza bilan murojaat qilib, Farg‘ona viloyati Qo‘rishlash boshqarmasiga qarashli Farg‘ona shahar Qo‘riqlash bo‘limida ishlab kelishini, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilishda amaldagi mehnat qonunchiligi talablari buzilganligini, uni avvalgi lavozimiga ishga tiklashga amaliy yordam berishni so‘ragan.
Fuqaro D.Davranovning murojaati Kengashning yuristlari tomonidan o‘rganildi. O‘rganish davomida uning mehnatga oid huquqlari buzilganligi aniqlandi.
Avvaliga Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudida xodimni ishga tiklash to‘g‘risidagi da’vo ariza qanoatlantirishdan rad qilindi.
Shundan so‘ng viloyat Kengashi tomonidan xodimning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha ish Farg‘ona viloyati Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga oshirildi. Sudlov hay’atining ajrimiga asosan Farg‘ona viloyati Qo‘riqlash boshqarmasining D.Davranovni mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi buyrug‘i g‘ayriqonuniy deb topilib, buyruq bekor qilindi.
Xodim avvalgi lavozimda ishini davom ettirish bilan birga, unga majburiy progul uchun ish haqi va ma’naviy zarar uchun jami 48 000 000 so‘m pul mablag‘lari undirilishiga erishildi.
Mansurjon Usmonov,
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlab bo‘yicha bosh mutaxassisi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: