Bolajonlarga o‘quv qurollari topshirildi
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filiali kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan Mustaqilligimizning 33 yilligi munosabati bilan a’zolarning 90 nafar farzandiga maktab sumkasi hamda o‘quv qurollari topshirildi.
Bunday xayrli tashabbus har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinadi. Bu gal ham kasaba uyushma qo‘mitasi va ma’muriyatning sa’y-harakati bilan ishchi-xodimlarning farzandlari yangi o‘quv qurollari bilan xushnud etildi.
Kasaba uyushmalarining bu tuhfasi ota-onalarni-yu, ularning aziz farzandlarini ham bexad quvontirdi.
— O‘g‘lim maktab o‘quv qurollarini olib xursand bo‘ldi, — deydi filial xamshirasi Sobiraxon Ziyayeva. — Kasaba uyushmaning bu e’tibori va g‘amxo‘rligidan mamnun bo‘ldik. Bu rag‘bat yanada yaxshi ishlashga undaydi.
Tadbirda bolajonlar uchun ajoyib konsert dasturi namoyish etildi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: