Ham rag‘bat, ham amaliy yordam
Mamlakatimiz Mustaqilligining 33 yilligi arafasida Madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Farg‘ona viloyati birlashgan qo‘mitasi raisi M.Akramova tashabbusi bilan So‘x tumanida joylashgan tasarrufdagi tashkilot va muassasalar ish beruvchilari, kasaba uyushma raislari va faollari bilan uchrashuv va davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda So‘x tumani madaniyat bo‘limi, 30-bolalar musiqa va san’at maktabi, 1- va 2-son sport maktablarining rahbarlari, kasaba uyushma raislari va faollari ishtirok etdilar.
Davra suhbati avvalida M.Akramova barcha yig‘ilganlarni Isliqlol bayrami bilan samimiy muborakbod etdi, shuningdek, kasaba uyushmalarining maqsad va vazifalari, amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar, Jamoa shartnomasi, unda belgilangan imtiyozlar, imtiyozlardan foydalanish tartibi, kasaba uyushma a’zolarining ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini ximoya qilish, ichki mehnat tartibi qoidalari, ish beruvchi va xodimlarning huquq va majburiyatlari to‘g‘risida gapirib, tushuntirish berib o‘tdi.
Shuningdek, kasaba uyushma qo‘mitasi raislariga ish hujjatlarini rasmiylashtirish, ish reja tuzish, hisobotlar tayyorlash bo‘yicha amaliy yordam berildi.
Tadbir so‘nggida mehnat faoliyati davomida jamoadoshlariga o‘rnak bo‘layotgan bir guruh fidoyi xodimlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: