Qadamjoylik nuroniylar Chimyonda o‘z sog‘liklarini tiklashmoqda
So‘nggi yetti yilda O‘zbekistonning qo‘shni davlatlar bilan do‘stona aloqalari qayta tiklangani, azaliy rishtalar yangicha mazmunda davom ettirilayotgani xalqimizning xohish va istaklari, orzu-intilishlarini yaqqol ifoda etmoqda.
Xalqaro hamkorlikning mantiqiy davomi sifatida Xalqlar do‘stligi kuni bayrami arafasida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamda Farg‘ona viloyati hokimligi hamkorligida qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasining Qadamjoy tumanidan bir guruh nuroniylar o‘z salomatliklarini tiklashlari hamda keyingi yillarda mamlakatimizda, jumladan, Farg‘ona viloyatida amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar bilan tanishish maqsadida Chimyon qishlog‘idagi tabiati so‘lim sihatgohga taklif etildi.
Ikki davlatning hududlar hokimlarining kelishuvi asosida tashkil etilgan tadbirda mehmonlar «Vodil» chegara-bojxona postida kutib olindi. So‘ng sihatgoh tomon yo‘l olindi. Sihatgohda o‘zbekona urf-odatu karnay-surnay sadolari ostida mehmonlarga hurmat-ehtirom ko‘rsatildi.
Qardosh xalq nuroniylarining sihatgohda maroqli hordiq chiqarishlari uchun barcha shart-sharoitlar muhayyo etilgan. Shuningdek, har bir kun uchun alohida madaniy-ma’rifiy tadbirlar va sayohatlar rejalashtirilgan. Maqsad esa bitta. U ham bo‘lsa: do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlash va o‘z yurtlariga bir olam taassurotlar bilan qaytishlariga erishishdir.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: