RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Farg‘ona viloyati Kengashi raisi Erkinjon Nuraliyev «Yoshlar oyligi» doirasida bir guruh yosh avlod vakillari bilan uchrashdi.
Unda tadbirkorlik sub’yektlari, qishloq xo‘jaligi, yo‘l qurilishi va boshqa sohalarda mehnat qilayotgan yosh ishchi-xodimlar ishtirok etdi.
Uchrashuvda yoshlar – millat va yurt istiqbolini belgilovchi ulkan kuch ekanligi, yuksak bilimli, zamonaviy fikrlaydigan, o‘z yurti manfaatlariga sadoqatli yangi avlod kadrlarini tayyorlash masalasi davlat siyosati darajasidagi muhim vazifa bo‘lib kelayotgani ta’kidlandi.
Keyingi yillarda yigit-qizlarimiz uchun yaratilayotgan imkoniyat va shart-sharoitlar, ularning o‘qib-o‘rganishi, qizg‘in faoliyat ko‘rsatishi uchun ko‘rsatilayotgan e’tibor hamda g‘amxo‘rlik nafaqat yurtdoshlarimiz, balki dunyo hamjamiyatini ham o‘ziga jalb etayotgani e’tirof etildi.
Uchrashuvda kasaba uyushmasi tarixi, bugungi kundagi faoliyati xususida ham so‘z bordi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: