Mahalla yettiligining faollari Xorazm viloyatiga sayoxatga yuborildi
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyat Kengashi bilan yaqin hamkorlikda ishlab kelayotgan viloyat Mahallalar uyushmasi tizimida mehnat qilayotgan mahalla yettiligining 54 nafar faollari Xorazm viloyatiga sayoxatga yuborildi.
Sayoxatchilar bugun Marg‘ilon Temir yo‘l vokzalidan tantanali ravishda ko‘hna Urganch shahriga kuzatib qo‘yildi.
Kuzatish marosimida so‘z olgan mas’ullar mahalla yettiligining ahilligida viloyatimizda katta ishlar amalga oshirilayotgani, ayniqsa, dolzarb masala – tashqi mehnat migratsiyasida yurgan Vatandoshlarimizni yurtimizga qaytarish, ularning bandligini ta’minlashga ko‘maklashish, oila a’zolaridan xabar olish, muammolarini ijobiy hal etishga katta e’tibor qaratilayotgani e’tirof etildi.
Sayoxatchilar ko‘hna va qadimiy shaharda ulug‘ ajdodlarimizning ilm-fan, madaniyat va ma’naviyat rivojiga qo‘shgan hissasi haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish bilan birga, viloyatda amalga oshirilgan islohotlar bilan ham tanishadilar.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: