Xorijiy mamlakatlarda mehnat qilayotgan fuqarolar e’tiborda
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi raisi E.Nuraliyev hamda Tashqi Migratsiyada yurgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Jamoatchilik nazoratini o‘rnatish yuzasidan Farg‘ona viloyatiga biriktirilgan vakil – viloyat shtabi rahbari S.To‘xtayevlar Qo‘qon shahri hamda Oltiariq tumanlarida bo‘lib, hozirda xorijiy mamlakatlarda mehnat qilayotgan fuqarolar holidan xabar olish, ularni O‘zbekistonga qaytarish va bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdilar.
Mahalla «yettiligi» ishtirokidagi Ishchi guruhi xonadonma-xonadon yurib, tashqi migratsiyada yurgan fuqarolarning yaqinlari bilan va telefon orqali o‘zi bilan ham suhbatlashib, anketa-so‘rovnoma asosida amalga oshirilayotgan xatlov ishlari ko‘zdan kechirildi.
To‘ldirilgan anketa-so‘rovnomalar asosida fuqarolarning xonadonlarida ham bo‘lib, ularni qiynayotgan muammolar yuzasidan suhbatlashildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: