Ziyo maskani yangicha qiyofada foydalanishga topshirildi
Bir paytlar devorlari nurab, tomidan chakki o‘tib g‘arib ahvolga kelib qolgan tuman kutubxonasi, bugun zamonaviy qiyofa kasb etib, aholining sevimli maskaniga aylandi.
“Tashabbusli byudjet” loyihasiga qo‘yilgan kutubxona ta’miri uchun butun tuman aholisi jipslashib, ovoz berdilar. Kutubxonani zamonaviy qiyofaga keltirish va xonalarni kerakli jihozlar bilan ta’minlash uchun 1 mlrd. 200 million so‘m ajratildi.
Ziyo maskanining foydalanishga topshirilishi beshariqlik yoshu keksani bexad quvontirdi. Kutubxonaning ochilishiga, har kim o‘z sovg‘asi bilan kelib, maskanni yangi adabiyotlar bilan boyitdi.
Bu xayrli ishga Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Beshariq tuman kengashi o‘z xissasini qo‘shgan holda kutubxonaga yangi kitoblar sovg‘a qildi.
Shu tariqa Beshariq tumani axborot-kutubxona markazi kitob fondi 50 mingga yetdi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: