Bog‘cha mudirasi o‘z xohishiga ko‘ra ariza yozmagan edi
Shaxzodaxon Jalilova Quva tumanidagi 14-Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida direktori lavozimida 20 yildan buyon ishlab kelgan.
Farg‘ona viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining 22.12.2023 yil kungi buyrug‘i bilan uning mehnat shartnomasi Mehnat kodeksining 157-moddasi taraflarning kelishuviga ko‘ra bekor qilingan. Biroq, savol tug‘iladi, haqiqatdan ham ish beruvchi va xodim o‘rtasida kelishuv bo‘lganmidi?
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi mutaxassislari tomonidan Sh.Jalilovani avvalgi lavozimiga ishga tiklashga amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati atroflicha o‘rganib chiqildi. O‘rganish davomida Sh.Jalilova ishdan bo‘shash to‘g‘risidagi arizani o‘z xohishiga ko‘ra yozmaganligi ma’lum bo‘ldi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining 2024 yil 18apreldagi hal qiluv qaroriga asosan Sh.Jalilova 14-Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori lavozimiga ishga tiklandi. Majburiy progul kunlari va ma’naviy zarar uchun sud tomonidan uning foydasiga salkam 20 mln. so‘m undirib berildi.
Mansurjon USMONOV,
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Farg‘ona viloyati kengashi bosh mutaxassisi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: