Ijroiya qo‘mita yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tdi
Bugun, 15 aprel kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyat Kengashi Ijroiya Qo‘mitasining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi raisi Erkinjon Nuraliyev boshqarib bordi.
Tanqidiy-tahliliy ruhda bo‘lib o‘tgan Ijroiya qo‘mita yig‘ilishida Ijroiya qo‘mita a’zolari, tarmoq kasaba uyushmalari viloyat, shahar, tuman kengashlari raislari, viloyat kengashi apparati xodimlari, birlashgan va boshlang‘ich kasaba uyushmalari raislari ishtirok etdilar.
Majlis kun tartibi tasdiqlab olingach, “Tuman-shahar tarmoq Kengashlari va boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan Federatsiyaning VIII Qurultoyi qarorlari hamda 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan Strategik yo‘nalishlarida belgilangan vazifalarning bajarilishi to‘g‘risida”gi masalasi bo‘yicha rais o‘rinbosari Orzigul Qozixonovaning axboroti tinglandi.
Bundan tashqari, «O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyat Kengashi tomonidan 2024 yil 1-chorak davomida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi muhim vazifalar to‘g‘risida»gi, “Jamoa shartnomalarining 2023 yilda bajarilishiga oid 2-JSH shakli bo‘yicha hisobotlar yakunlari to‘g‘risida”gi, “2024 yilgi bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish yozgi mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi hamda “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyat Kengashi Ijroiya qo‘mitasining oraliqda qabul qilingan qarorlari to‘g‘risida”gi masalalar ko‘rib chiqildi. Mazkur masalalar bo‘yicha tegishli mas’ullarning axborotlari tinglandi.
Yig‘ilishda Federatsiyaning VIII Qurultoyi qarorlari hamda 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan Strategik yo‘nalishlarida belgilangan vazifalarning bajarilishida sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgan bir guruh mas’ullarga ogohlantirish berildi.
Shuningdek, turli sohalarda mehnat qilayotgan xodimlar va ularning oila a’zolari salomatligini mustahkamlash yo‘nalishidagi ishlarning sifati va samaradorligini yanada oshirish, mehnatkashlarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish ishlari ko‘lamini yanada kengaytirish bo‘yicha mas’ullarga aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Yig‘ilish so‘nggida muhokama etilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: