Jamoa yutuqlari bilan maqtana oladi
Oltiariq tumani ixtisoslashtirilgan maktab jamoasi g‘ayrat-shijoatli yoshlardan iborat. Bugun bu yerda 60 nafar o‘qituvchilar 300 nafarga yaqin o‘quvchilarga saboq berib kelmoqda.
O‘tgan o‘quv yilida bu yerni tamomlagan maktab o‘quvchilarining 86 foizi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilindi. Bu yilgi maqsad esa bu ko‘rsakichni 100 foizga yetkazish.
Albatta, bu yutuqlar zamirida maktabdagi o‘qituvchilarning o‘rni beqiyos. Chunki dargohda o‘quvchilarning o‘z ustilarida ishlashi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Ta’lim muassasasida bo‘lib o‘tgan ish beruvchi va xodimlar o‘rtasida tuzilgan jamoa shartnomasining 2023 yil yakuni va jamoa shartnomasining belgilangan bandlarining bajarilishi bo‘yicha yig‘ilishda bunga yana bir guvoh bo‘ldik.
Ishchi-xodimlarning samarali mehnat qilishi, vaqtida dam olishi, sayohatlarga olib borish, asosiysi ularni har tomonlama qo‘llab quvvatlash jamoa shartnomasida o‘z aksini topgan.
Maktab o‘qituvchisi Zarifa Bahodirovaning boshiga mushkul ish tushdi. Shunday qiyin kunlarda ish beruvchi va kasaba uyushma qo‘mitasi uni o‘z holiga tashlab qo‘ymadi. Kerakli yordamni ko‘rsatib, unga dalda bo‘ldi. Shukurki, uning qiyin kunlari ortda qoldi.
Ishda o‘rnak bo‘lib kelayotgan shijoatli o‘qituvchilardan Muhabbat Tojiboyeva va Hakimaxon Ayupova kasaba uyushmalari tomonidan berilgan imtiyozli yo‘llanma orqali so‘lim sihatgohlarda salomatligini mustahkamlab keldi.
Oldiga katta maqsadlarni qo‘ygan maktab jamoasi, muassasa nufuzini yanada oshirish uchun astoydil mehnat qilmoqda.
Asosiysi ularni mehnatini qadrlaydigan ish beruvchi va jonkuyar kasabaqo‘m bor.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: