Xavfsizlik birinchi o‘rinda
“Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals” AJda jamoa shartnomasining 2023 yilda bajarilishi yakunlariga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Unda ish beruvchi va boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raisi yig‘ilganlarga hisobot berdi. Qayd etilganidek, jamoa shartnomasi orqali xodimlar qator qo‘shimcha imtiyozlarga ega bo‘lib bormoqda.
Jumladan, jamoa shartnomasida xodimlarni rag‘batlantirish, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, salomatliklarini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
O‘tgan yili korxonaning 16 nafar xodimi imtiyozli yo‘llanmalar asosida O‘zbekiston kasaba uyushmalari tasarrufidagi “Zomin”, “Chimyon”, “Oqtosh” kabi sihatgohlarda salomatliklarini mustahkamlab qaytdilar.
Ko‘makka ehtiyoj sezgan xodimlarga kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan moddiy yordam ko‘rsatildi. Ishda namuna va jonbozlik ko‘rsatgan, korxonaning iqtisodiy o‘sishida o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan ishchi-xodimlar ish beruvchi va kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda.
Korxonada sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida ayollar va erkaklar o‘rtasida sport musobaqalari tashkil etib kelinmoqda. Ushbu musobaqalarda faoli ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar munosib tarzda taqdirlanmoqda.
Xodimlarning mehnatini muhofaza qilish, xavfsiz mehnat sharoitini yaratish, kasb kasalliklarini oldini olish kasaba uyushma qo‘mitasining doimiy nazoratida bo‘lib kelmoqda.
Umuman olganda, bayramlar arafasida kam ta’minlangan, ko‘makka muhtoj oila vakillariga moddiy yordam ko‘rsatish va qo‘llab-quvvatlash doimiy an’anaga aylangan.
Konferensiyada so‘z olganlar kasaba uyushma faoliyatini qoniqarli baholab o‘tdilar.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: