O‘zbekiston bo‘ylab sayoxat qiling!
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan «O‘zbekiston bo‘ylab sayoxat qiling!» turizm loyihasi orqali har oyda viloyatimizdagi yuzlab ishchi-xodimlarning Respublikamizning turli diqqatga sazovor joylariga sayohatlarini tashkil etish an’ana tusini olgan.
Xususan, Navro‘z bayrami arafasida bu an’ana yanada keng quloch yozdi. Bugun O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Farg‘ona viloyati Kengashi mas’ul xodimlari tomonidan loyiha doirasida Marg‘ilon temir yo‘l vokzali orqali 54 nafar turli sohalarda samarali mehnat qilayotgan ishchi-xodimlar Xorazm viloyatiga sayohatga kuzatib qo‘yildi.
Sayohatchilar Xorazmning tarixiy qadamjolari, ziyoratgoh va obidalari bilan yaqindan tanishadilar va maroqli dam oladilar.
Mazkur sayohatning Navro‘z bayrami kunlari tashkil etilgani barchaga yaxshi kayfiyat va esdaqolarli onlarni hadya etmoqda.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: