Ishga tiklash: Madaniyat boshqarmasigami yoki Turizm boshqarmasiga?
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashiga fuqaro Umidjon Maxsudov ariza bilan murojaat qilib, Farg‘ona viloyati Madaniyat va turizm boshqarmasi hududlarda turizm infratuzilmasi va xizmat turlarini kengaytirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish shoʻbasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelganligini, Farg‘ona viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig‘ining 2023 yil 3 oktyabrdagi №28-Sh/T-sonli buyrug‘iga asosan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 161-moddasi 2-qismi 2-bandiga asosan ishdan bo‘shatilganligini, lekin ushbu buyruq g‘ayriqonuniy ekanligini, ish beruvchi tomonidan uning mehnat shartnomasi bekor qilinganligidan norozi ekanligini, avvalgi lavozimiga ishga tiklashga amaliy yordam berishni so‘ragan.
Viloyat Kengashi mutaxassislari tomonidan murojaat belgilangan tartibda o‘rganildi. O‘rganish davomida fuqaro U.Maxsudovning mehnat shartnomasini bekor qilishinida mehnat qonunchiligi talablari buzilganligi aniqlandi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha So‘x tumanlararo sudining hal qiluv qaroriga asosan fuqaro U. Maxsudov Farg‘ona viloyati Turizm boshqarmasiga Investitsiyalarni jalb qilish, tadbirkorlar bilan ishlash va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish shoʻbasi boshlig‘i lavozimiga ishga tiklash, Farg‘ona viloyati turizm boshqarmasidan uning foydasiga 12 mln. 285 ming 222 so‘m majburiy progul davri uchun ish haqi va 4 mln. 095 ming 074 so‘m ma’naviy zarar, jami 16 mln. 380 ming 296 so‘m undirilishiga erishildi.
Mansurjon Usmonov,
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Fededratsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassisi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: