Tasviriy san’at ko‘rgazmasi tashkil etildi
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashida tashkil etilgan navbatdagi ma’naviyat soatida O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limi tomonidan tasviriy san’atning tur va janrlarini o‘zida mujassam etgan ko‘rgazma tashkil etildi.
Unda bo‘lim raisi Lyubov Semizorova hamda rais o‘rinbosari Malika Boltayevalar tomonidan san’at inson mehnati, aql-idroki, shuuri bilan yaratilgan ijod mahsuli ekanligi, san’at asarida shaxsning o‘ziga xos iste’dodi namoyon bo‘lishi hamda san’at insoniyat ma’naviy madaniyatining tarkibiy qismi, dunyoni ma’naviy anglashning maxsus turi ekanligi ta’kidlandi. Badiiy san’at janrlari to‘g‘risida taqdimot namoyish etildi.
Milliy an’analarimiz, o‘zbekona urf-odatlarimizni yorqin va betakror ranglar uyg‘unligi birlashtirib turgan grafika va rassomchilik asarlari namunalari ishchi-xodimlarda katta taassurot qoldirdi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: