Sarhisob va rejalar
Farg‘ona viloyatida O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi tarmog‘i o‘z faoliyatini “Inson qadri uchun” g‘oyasi asosida amalga oshirib, ishchi-xodimlarning kasbiy, mehnatga oid ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini ta’minlashga, munosib mehnat sharoitlarini yaratish bo‘yicha olib bormoqda.
Ha, kasaba uyushmasi hamisha xodimlar manfaatlarini ko‘zlab, har bir a’zoni moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash harakatidadir. Bu fikrlar O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi raisi o‘rinbosari Orzigul Qozixonova hamda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Farg‘ona viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi Lolaxon Ahmedovalar ishtirokida bo‘lib o‘tgan 2023 yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisob va kelgusi rejalar bo‘yicha yig‘ilishda ta’kidlandi.
Unda Prezidentimiz tashabbuslari bilan “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb nom berilgan 2024 yilda ham Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash yo‘lida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlarda O‘zbekiston kasaba uyushmalari faol ishtirok etib, mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari va mehnat sohasidagi huquqlarini himoyalash, Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish yo‘nalishlaridagi sa’y-xarakatlarni izchil davom ettirishi aytib o‘tildi. Aslida ham kasaba uyushmalari faoliyati bevosita inson manfaatlari bilan chambarchas bog‘liqdir.
Yig‘ilishda ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Farg‘ona shahar bo‘linmasi kengashi raisi Nozimaxon Mirsalimovaga «Xalq ta’limi a’lochisi» ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi.
Shuningdek, ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Qo‘qon shahar va Buvayda, Beshariq, Qo‘shtepa tuman bo‘linmasi kengashlari raislari Arif Ziyaudinov, Obbosxon Rahmonov, Abduqodir Bobojonov va Farhod O‘lmasovlarga 60 yoshni qarshi olishlari munosabati bilan tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: