Intizomiy jazo berish to‘g‘risidagi buyruq bekor qilindi
Bag‘dod tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 12-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi S.Qo‘rchiyeva O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashiga ariza bilan murojaat qilib, ish beruvchi tomonidan unga nisbatan “xayfsan” intizomiy jazo chorasi berilganligidan norozi ekanligini, ushbu jazo chorasini berish to‘g‘risidagi buyruqni bekor qilishga amaliy yordam so‘raydi.
Fuqaroning murojaati O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashining jismoniy va yuridik shaxslar bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassisi Mansurbek Usmonov va Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Farg‘ona viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi Lolaxon Ahmedovalar tomonidan ish joyiga borib o‘rganildi.
O‘rganish davomida xodimga berilgan intizomiy jazo chorasini qo‘llanilishida Mehnat qonunchiligi talablari bo‘zilganligi aniqlandi.
Viloyat Kengashi mutaxassislari tomonidan maktab direktoriga intizomiy jazo berish to‘g‘risidagi buyruqni rasmiylashtirishda yo‘l qo‘ygan qonunbuzilish holatlari tushuntirildi va shu kunning o‘zida S.Qo‘rchiyevaga nisbatan berilgan “xayfsan” intizomiy jazo chorasi bekor qilinishiga erishildi.
Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Фарғона вилояти Кенгаши.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: