Yetakchi mutaxassis ishga tiklandi
“Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MCHJning 17-syexi yetakchi mutaxassisi Dilfuza Mahmudova bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ish beruvchining 2023 yil 30 oktyabrdagi №373-k-sonli buyrug‘i bilan bekor qilinadi.
Kasaba uyushma tomonidan Dilfuza Maxmudovaning mehnatga oid buzilgan huquqlarini himoya qilish yuzasidan xulosa berildi.
Mazkur holat sudda ko‘rib chiqildi. Sudning qaroriga ko‘ra, Dilfuza Maxmudova “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MCHJning 17-syexi yetakchi mutaxassisi lavozimiga ishga tiklanib, majburiy progul kunlari va ma’naviy zarar uchun jami 19 mln. 680 ming so‘m undirish to‘g‘risida qaror chiqarildi.
Avazxon TURAXODJAYeV,
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati kengashi bosh yuriskonsulti.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: