Mehr-saxovat – xalqimizga xos fazilatdir
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati kengashi tomonidan 3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Qudash “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyida bayram tadbiri tashkil etildi.
Sana munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda xalqimizga xos mehr-saxovat, odamiylik fazilatlari yana bir bor namoyon bo‘ldi. O‘zbekiston Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Farg‘ona viloyati kengashi raisi Rasuljon Rahimov hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyat Kengashi Madaniy-ma’rifiy va sport ishlari bo‘limi mudiri Gʻanisher Payziyevlar “Muruvvat” uyi davolanuvchilariga bayram sovg‘alarini topshirdilar.
— Muassasamizda 360 nafar ayol davolanadi. Ularning bu yerda yashashi, davolanishi doimo davlatimizning e’tiborida, — deydi Qudash “Muruvvat” uyi shifokori Muyassarxon Yuldasheva. — Qolaversa, har bir bayram oldidan viloyat kasaba uyushmalari bu yerga tashrif buyurib, muassasada yashayotgan ayollarga o‘zlarining sovg‘alarini tarqatib, ularni xushnut etib ketadilar.
Yangragan kuy-qo‘shiqlar, bir-biridan ajoyib sahna namoyishlari bayramga yanada fayz bag‘ishladi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: