Farg‘onada “Kasaba uyushma bog‘i” tashkil etildi
Farg‘ona viloyatida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Kasaba uyushma bog‘i” tashkil etildi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Farg‘ona viloyati kengashi tashabbusi bilan Toshloq tumani 4 gektarga yaqin yer maydonga hudud iqlimiga mos bo‘lgan 1000 tup manzarali va 1000 tup mevali ko‘chatlar ekildi.
— “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida faol ishtirok etish, kerak bo‘lsa namuna bo‘lish maqsadida “Kasaba uyushma bog‘i” tashkil etildi, — deydi kengashning mehnat muhofaza bo‘yicha yetakchi mutaxassisi Shuhrat Raximxodjayev. — Ushbu bog‘ni barpo etish tashabbusi barcha kasaba uyushma xodimlari tomonidan iliq kutib olindi. Ushbu xayrli ishda kasaba uyushmalarining barcha xodimlari faol eshtirok etib, ko‘chat ekish uchun farzandlari, nevaralari bilan keldilar.
Ha, Farg‘onada ham “Kasaba uyushma bog‘i”ning bo‘lishi barchamizni dilimizdagi gap bo‘ldi. Hasharda yer bilan tillashib yurgan faxriylarimiz maslahati bilan hudud iqlimi va tuproq sharoitiga mos ko‘chatlar ekildi. Bu bog‘ mevalaridan kelgusida farzandlarimiz, nabiralarimiz bahramand bo‘lishadi, albatta. Axir dono xalqimiz bejizga “Yaxshidan bog‘ qoladi”, demaganku.
Yangi tashkil etilgan bog‘da kengash xodimlari tomonidan ekilgan daraxtlarni parvarish qilish va o‘sishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shohsulton To‘xtamatov,
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Farg‘ona viloyati kengashi raisining Yoshlar masalalari bo‘yicha maslaxatchisi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: