O‘zbekistonning buguni va ertasi uchun muhim hujjat
Inson qadr-qimaati oliy saodat hisoblangan mustaqil O‘zbekistonimizda hayotimizning barcha jabhalarida jonlanish, o‘sish, o‘zgarish, bir so‘z bilan aytganda, rivojlanish yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Har bir sohada ulkan yangilanishlar bo‘y ko‘rsatmoqda. Bunday tarixiy taraqqiyotga erishish o‘z-o‘zicha sodir bo‘lmaydi. Bu islohotlarning tag zamirida muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning oqilona siyosatlari va mehnatlari mujassamdir.
Bundan yetti yil avval davlatimiz rahbari xalqimiz bilan bamaslahat “Harakatlar strategiyasi’’ni qabul qilgan edilar. O‘tgan davr mobaynida ushbu strategiya asosida tarixiy o‘zgarishlar amalga oshirildi.
Mazkur hujjat tom ma’noda, iqtisodiyotimizning barqaror o‘sishini poydevori bo‘lib xizmat qildi. Prezidentimizning shu yil 11 sentyabrdagi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi farmon hamda 12 sentyabrdagi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini 2023 yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ham inson huquqlari va manfaatlarini so‘zsiz ta’minlash, yaqin kelajakda amalga oshiriladigan islohotlarning tub maqsadlarini qamragan, ustuvor yo‘nalishlar o‘rin olgani bilan ham ahamiyatlidir.
Mamlakatimizda keyingi yetti yillikda amalga oshiriladigan islohotlarning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma’rifiy asoslarini yaratib berishga qaratilgan mazkur hujjat shubhasiz, O‘zbekiston xalqini adolatli taraqqiyot yo‘lida yanada jipslashtiradi.
Strategiyaning har bir yo‘nalishini tahlil qiladigan bo‘lsak, inson qadrini ulug‘lash, xalqimizni hayotdan rozi qilish, munosib turmush sharoiti bilan ta’minlash kabi ulkan maqsad va marralar ko‘zlanganini ko‘rishimiz mumkin.
Beshta ustuvor yo‘nalishda yuzta maqsadni birlashtirgan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ixcham, sodda, barcha uchun tushunarli tarzda ishlab chiqilgani uning xalqona hujjatligidan dalolat beradi.
Mamlakat hayotiga teran nazar solar ekanmiz, yurtimizdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarning shiddatli rivojiga guvoh bo‘lamiz. Tinchlik, bunyodkorlik, iqtisodiy erkinlik, ijtimoiy himoya – bularning barchasi inson uchun xizmat qilmoqda. Davlatimiz rahbarining ana shu jarayonlarni yanada kengaytirish va jadallashtirish maqsadiga yo‘naltirilgan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni katta qiziqish bilan kutib olindi.
Ushbu strategiya bilan xalqimiz kelajakka ishonch bilan qadam qo‘ymoqda va bu uzoq muddatli rejaning samaralari allaqachon ko‘zga tashlanayotganini kundalik hayotimizda sezayotganimiz quvonarli, albatta.
Abror Otaboyev,
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati kengashi bo‘lim mudiri,
“O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni sohibi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: