Haqiqiy bayramni his etdik
11-noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Farg‘ona viloyati Kengashi tomonidan ishchi-xodimlar o‘rtasida turli ma’naviy-ma’riy tadbirlar, sport musobaqalari, turizm loyihalari tashkil etilmoqda.
Xususan, tarmoq kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkilotlarining faollari o‘rtasida “Yangi O‘zbekiston — Yangi kasaba uyushmalari” shiori ostida sport spartakiadasi o‘tkazildi.
Quvasoy shahrida joylashgan “Vodiy gavhari” hamda “Qo‘qon” bolalar oromgohida tashkil etilgan mazkur sport musobaqlarida ishtirokchilar sportning stol tennisi, shashka va darts turlari bo‘yicha bellashdilar.
— Bugungi sport tadbirida haqiqiy bayramni xis etdik. Hamkasblarim bilan o‘zaro bellashuvlar rosti, ancha qiziq bo‘ldi. Men ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan shashka musobaqasida 1-o‘rinni egalladim, — deydi Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Dang‘ara tuman kengashi raisi Irodaxon Usmonova.
— O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan tashkil etilgan sport musobaqasi taassurotlarga boy bo‘ldi. Bayram bahona bir safda mehnat qilib kelayotgan hamkasblarimni ko‘rib, dildan suhbatlashdik. Ular bilan bellashish yanada qiziq bo‘ldi, — deydi erkaklar o‘rtasida stol tennisi musobaqasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Buvayda tuman mudofaa bo‘limi xodimi Shuhratjon Bobojonov.
Sport turlari bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan musobaqa ishtirokchilariga diplom va esdalik sovg‘alari tuhfa etildi. Sana munosabati bilan bunday tarbirlar davom etmoqda.
Rasuljon Rahimov,
O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Farg‘ona viloyati Kengashi raisi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: