Arzgo‘ylar foydasiga 179 million so‘m undirildi
Farg‘ona mexanika zavodida ishlab, kasb kasalligiga chalingan bir guruh fuqarolarning murojaati O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Farg‘ona viloyati kengashi mutaxassislari tomonidan jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganib chiqildi.
O‘rganishlar davomida 37 nafar fuqaroga zarar to‘lovi to‘xtatib qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi. Yo‘l qo‘yilgan qonun buzilish holatini bartaraf etish yuzasidan zavod ma’muriyatiga taqdimnoma kiritildi. Ish beruvchi mazkur taqdimnoma asosida 37 nafar zarar to‘lovini olish huquqiga ega fuqaroning talabnomalarini qondirdi.
Shuhrat Rahimxo‘jayev
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Farg‘ona viloyati kengashining mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yetakchi mutaxassisi
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: