E’TIBORDAN MAMNUN KEKSALAR
Madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Farg‘ona viloyati birlashgan qo‘mitasi tomonidan uzoq yillar tizimda mehnat qilgan, shu bilan birga, soha rivojiga ulkan hissa qo‘shgan 11 nafar faxriylar holidan xabar olindi.
Dildan bo‘lgan suhbatda, yurtimizda bo‘layotgan ulkan o‘zgarishlar, tizimdagi yangiliklar haqida so‘z ketdi. Faxriylar bayram bilan qutlanib, qo‘mitaning oziq-ovqat mahsulotlari taqdim etildi.
— Kasaba uyushmalarining ajoyib bir odati bor — yurtimizda nishonlanadigan bayramlarda, albatta, holimizdan xabar olib, bizni xursand qilib ketishadi. Bu e’tibor va g‘amxo‘rlikdan boshim osmonga yetdi, — deydi hozirda keksalik gashtini surayotgan Yigitali Saidov.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: