53 nafar ayollar Toshkent shahriga sayoxatga va “Zarkent” sihatgohiga dam olish uchun yuborildi
Davlatimiz rahbarining 2023 yil 21 dekabrdagi “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori bilan tasdiqlangan “Oilalarni mustahkamlash, xotin-qizlarning qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarish, ijtimoiy-siyosiy faolligini va bandligini oshirish, tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish hamda teng huquqliligini ta’minlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi tomonidan bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.
Xususan, bugun, 29 fevral kuni 53 nafar ayol ustozlar hamda “Oqila ayollar” harakati faollari Toshkent shahrining diqqatga sazovor joylariga sayoxatga hamda “Zarkent” sihatgohiga o‘z salomatliklarini tiklashlari uchun imtiyozli ravishda yuborildi.
Xalqaro Xotin-qizlar bayrami oldidan tashkil etilgan mazkur tadbir barcha ayollarga munosib bayram sovg‘asi bo‘ldi. Ayollar O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashidan sayoxatga kuzatib qo‘yildi.
Kuzatish marosimida so‘z olgan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi raisi Erkinjon Nuraliyev va Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasining Farg‘ona viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi Lolaxon Ahmedova yig‘ilganlarni yaqinlashib kelayotgan Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan samimiy muborakbod etdilar. Shuningdek, ularning kelgusi ishlariga omad va zafarlar tiladilar.
Viloyatimizning munis onalari, lobar xotin-qizlarining sayoxatlarini mazmunli o‘tkazish hamda sihatgohda tibbiy muolajalarni o‘z vaqtida qabul qilishlari, maroqli hordiq chiqarishlari uchun yetarli shart-sharoitlar yaratilgan. Qolaversa, ular uchun ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va konsert dasturlari ham tashkil etilishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: