2023 YILDA AHOLINI RO‘YXATGA OLISH TADBIRI O‘TKAZILADI
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 11 noyabrdagi «O’zbekiston Respublikasida 2023 yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 710-sonli qaroriga muvofiq, respublikamizda 2023 yilda aholini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi.
Respublikamizda oxirgi marta aholini ro‘yxatga olish ishlari amalga oshirilganligiga
30 yil bo‘ldi. Buning natijasida aholining haqiqiy hayot tarzini o‘rganish va ularga amaliy yordam ko‘rsatishda qator qiyinchiliklar vujudga keldi.
BMT 2015 yilning 10 iyunida «2020 yilda aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish borasidagi prinsiplar va tavsiyalar» rezolyutsiyasini qabul qildi. Unga ko‘ra, BMTga a’zo davlatlar kamida bir marta aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olishni o‘tkazishi belgilab qo‘yildi. Bugungi kunga kelib, MDH davlatlarida, shuningdek O’zbekistonda ham bu jarayonga tayyorgarlik ishlari boshlandi.
Aholini ro‘yxatga olish jarayoni uch bosqichni qamrab oladi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: