105 mln. so‘m ta’til pullari undirib berildi
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi respublika Kengashining Farg‘ona viloyati bo‘yicha mehnat huquq inspektorlari tomonidan ishchi-xodimlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, mehnat qonunchiligi doirasida yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida Bag‘dod tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu muassasaning 63 nafar xodimiga 2020-2021 yillarda mehnat ta’til pullarini to‘lashda qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan. Aniqlangan qonunbuzilish holati bo‘yicha ish beruvchiga 34-sonli yozma ko‘rsatma xati kiritildi.
Ko‘rsatma xatiga asosan muassasaning 63 nafar xodimiga kam to‘langan 105 mln. 179 ming so‘m ta’til pullari undirib berildi.
Zafarjon QURBONOV,
Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Farg‘ona viloyati bo‘yicha mehnat huquq inspektori.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: